Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga FIE mukofoti – “2022/2023-yillarda erkaklar sablyasi boyicha dunyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” topshirildi.

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga FIE mukofoti – “2022/2023-yillarda erkaklar sablyasi boyicha dunyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” topshirildi.
Ma’lumki, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan barcha sport turlari qatori navqiron avlodni sportga keng jalb etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan qilichbozlik sport turini rivojlantirish va ommalashtirish borasida maqsadli ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, federatsiya rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston MOQ ko‘magida qilichboz-sportchilarimizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari (shu jumladan xorijiy davlatlarda), shuningdek nufuzli xalqaro musobaqalarda tizimli ravishda ishtirok etishi uchuni barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. 
Qilichbozlarimiz Osiyo o‘yinlari, Jahon hamda Osiyo chempionati va kubogi kabi xalqaro turnirlarda erishayotgan yuksak sport yutuqlari bunga yaqqol misol bo’la oladi.
25-noyabr kuni Misrning Sharm El-Sheh shahrida bo‘lib o‘tgan FIE Kongressida O‘zbekiston qilichbozlik  federatsiyasiga “2022/2023-yillarda erkaklar sablyasi bo’yicha dunyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” mukofoti topshirildi.
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi barcha sportchilarni, murabbiylarni, mamlakatimizning butun qilichbozlik oilasini yilning shunday nufuzli mukofoti bilan tabriklaydi!