O’zK: Qilichbozlik bo‘yicha o’smirlar(kadetlar) o’rtasida g‘oliblari nomi aniqlandi

O’zK: Qilichbozlik bo‘yicha o’smirlar(kadetlar) o’rtasida g‘oliblari nomi aniqlandi
22 noyabr kuni O‘zbekiston kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan qilichbozlikning sablya turi musobaqasi yakunlariga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Milliy klub sportchisi Shamuratova Aygul oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Aytish joizki, mazkur turnirda mamlakatimizning barcha hududlaridan 80 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ularning 45 nafari o‘g‘il bolalar, 39 nafari qizlardir.
O’smirlar (qiz.)
1. Shamuratova Oygul - Milliy klub
2. Qurbonova Karina - Milliy klub
3. Xusanboeva Bibiaisha - MVSK
3. Babajanova Darina - Toshkent sh.
Shuningdek sablya bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda qoraqalpog‘istonlik Alpamis O‘rakbayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O’smirlar (erk.)
1. Urakbayev Alpamis - Qoraqalpog'iston
2. Karimboev Azizbek - Toshkent viloyati
3. Shakirov Aziz - Milliy klub
3. Baltabaev Alimbek – Qoraqalpog‘iston.