Qilichboz sablyachi qizlarimiz Jahon Kubogi g’oliblari

Qilichboz sablyachi qizlarimiz Jahon Kubogi g’oliblari
Joriy yil  2-6 noyabr kunlari Baxreynning Manama shahrida o’smirlar o’rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Jahon Kubogi bosqichida milliy terma jamoamiz a'zosi
Perdibaeva Gulistan oltin medalni qo’lga kiritdi. G.Perdinayeva yarim final jangida bolgariyalik Milanova Kristinani 15:8 hisobi bilan engib, final bosqichiqa yo’l oldi. Finalda esa, G. Perdibayeva avstraliyalik sportchi Vasileva Veronikani mag’lub etdi. Hisob 15:10. 
Quvonarlisi, terma jamoamizning yana bir a’zosi Xerrera Lara Luisa Fernanda ham ushbu musobaqaning bronza medaliga sazovor bo’ldi. 
Barcha qilichbozlarimizni erishgan g’alabalari bilan tabriklaymiz!