Maʼlum qilganimizdek, shu kunlarda qilichbozlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi bosqichlari boʻlib oʻtmoqda. Eron poytaxti Tehron shahri sablya boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlarni qabul qilyapti.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Islombek Abdazov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan final jangida quvaytlik Muhammad Abdulkarim ustidan 15:6 hisobida gʻalaba qozondi. Kuchli uchlikdan Furqon Yaman (Turkiya) hamda Nima Agʻayi (Eron) oʻrin olishdi.