Qilichbozlik sport turi bo’yicha yosh hakamlar uchun o’quv seminar tashkil etildi

Qilichbozlik sport turi bo’yicha yosh hakamlar uchun o’quv seminar tashkil etildi
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tashabbusi bilan joruy yil 22- 29 oktyabr kunlari Toshkentda qilichbozlik bo’yicha respublikamiz mintaqalaridagi yosh hakamlar malakasini oshirish maqsadida o’quv-amaliy seminar tashkil etildi. 
Seminarda mamlakatimizda qilichbozlik sporti bo’yicha faoliyat olib borayotgan eng tajribali, etuk mutaxassis-hakamlar yosh kadrlar malakasini oshirish uchun nazariy va amaliy bilim berdi.  
“- Qilichbozlik bo’yicha hakamlar uchun tashkil etilgan mazkur seminarda biz nazariya bo’yicha olgan bilimlarimizni malakali hakamlar nazoratida amaliyotda sinovdan o’tkazdik, deydi Toshkent shahridan qatnashgan murabbiy-hakam Charos Tog’aymurodova. - Ushbu seminarning yakuniy qismida esa ham nazariy hamda amaliyotda olgan bilimlarimiz imtixondan o’tkazildi”. 
Imtixonnni muvaffaqiyatli topshirgan seminar ishtirokchilariga halamlik boyicha mahsus Sertifikat topshirildi.