Sablyachi-qilichboz Azim Shokirov kadetlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha OK turnirida ikki karra oltin medal sohibiga aylandi (09-12,2023y.)

Sablyachi-qilichboz Azim Shokirov kadetlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha OK turnirida ikki karra oltin medal sohibiga aylandi (09-12,2023y.)
Ma'lumki, kuni-kecha Toshkentda rapira va sablya bo'yicha kadetlar o'rtasida Osiyo kubogi bo'lib o'tdi. Yosh qilichbozlarimiz o‘g‘il-qizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, g‘alaba shohsupasidan yuqori o‘rinlarni egallagani quvonarlidir.
Shunday qilib, yosh qilichboz Azim Shokirov yakkalik bahslarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, OK g‘olibiga aylandi. Aytish joizki, Azim jamoaviy bahslarda ham ajralib turdi.
Jamoaviy bahs final uchrashuvida O‘zbekistonning ikkita terma jamoasi belkashuvi bo‘ldi. Unda ikki aka-uka Aziz va Azim Shokirovlar qilichbozkik yo’lakchasidagi bahsida eng shijoatli va maroqli kurash bo’ldi va aka-uka o’z jamoalarining g‘alabasi uchun birin-ketin ochkolarni murosasiz tarzda qo‘lga kiritishdi.
Natijada O‘zbekiston 1 jamoasi 45:41 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Azim Shokirov turnirning ikkinchi oltin medalini olish baxtiga muyassar bo‘ldi.