Osiyo Kubogi doirasida sablya bo’yicha g’olib jamoalar aniqlandi

Osiyo Kubogi doirasida sablya bo’yicha g’olib jamoalar aniqlandi
Bugun Toshkentda qilichbozlik bo’yicha kadetlar o‘rtasidagi o’tkazilayotgan Osiyo Kubogi turnirida sablya yonalishi bo‘yicha jamoaviy musobaqa bo’lib o’tdi.
Yosh sablyachi o’g’il bolalalar jamoalari o’rtasida O’zbekiston jamoalari g’oliblikni qo’lga kiritib, faxrli birinchi va  ikkinchi, uchinchi o’ringa sazovor bo’ldi. 
Sablya bo’yicha qizlar jamoalari o’rtasida kechgan murosasiz bellashuvlarda ham   O’zbekiston jamoalari 1 va 2 - o’rinni egallab oltin va kumush medalni qo’lga kiritishdi. Qozog’istonlik qilichboz qizlar jamoali esa shohsupaning uchinchi pog’onasini egalladi. 
Yakuniy natija:
O’gil bolalar:
1. O’zbekiston -1
2. O’zbekiston -2
3. O’zbekiston -3
3. Qozog’ston -3
Qiz bolalar:
1. O’zbekiston -1
2. O’zbekiston -2
3. Qozog’ston -1
3. Qozog’ston -2