Sablyachi qilichbozlarimiz xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inining qizg’in pallasida

Sablyachi qilichbozlarimiz xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inining qizg’in pallasida

Ayni kunlarda Qilichbozlikning sablya yonalishi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Italiyaning Fraskata shahrida 2023 yil 1-18 sentyabr kunlari bo’lib o’tayotgan xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inida faol ishtirok etmoqda. Yig’inda O’zbekiston, Quvayt, Italiya terma jamoalari o’zaro tajriba almashmoqda. 

Shuningdek mamlakatimiz milliy terma jamoasi bosh treneri Yorqin Yo’ldashev boshchiligida sablyachi sportchilarimizdan 
Qodirov Zuxriddin, 
Abdukarimbekov Sardor,
Perdibayeva Gulistan,
Pliyego Paola Mariya,
Xerrera Lara Luisa Fernanda, 
Nargiza Jaksibayevalar mazkur xalqaro yig’nda o’z sport mahoratlarini oshirmoqda. 

Ushbu o’quv-yig’nlar mashg’ulotlarida ishtirok etishdan ko’zlangan maqsad oldinda Xitoyda bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlariga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda sportchilarning mahorati va tajribasini oshirishdan iborat.