Rapirachi hamyurtimiz Umida Ilyosova xalkaro Satellit turniri kumush medali sohibi

Rapirachi hamyurtimiz Umida Ilyosova xalkaro Satellit turniri kumush medali sohibi

Ayni kundarda O‘zbekiston milliy terma jamoa a'zolari Singapur shahrida (Singapur) (07-11.09.2023) qilichbozlikning rapira yunalishi bo‘yicha kattalar o’rtasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Satellit turnirida ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi ayollar bahsida rapirachimiz Umida Ilyosova ushbu nufuzli turnirda 
2- o’rinni egallab, kumush medalni qo’lga kiritdi. Umida barcha raqiblarini engib o’tib, final bahsida Gongkongli Gheng Hiu Wai Valeriega g’alabani boy berdi. 
Shunday bo’lsada Gonkong, Tailand, Braziliya, Taypey, Germaniya, AQSh, Yaponiya, Qatar, Buyuk Britaniya, Filippin, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Kot-d'Ivuar, Fransiya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan katnashgan mohir qilichboz xotin-qizlar orasida U. Ilyosova munosib ishtirok etdi va Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarishga muvaffaq bo’ldi.