Qilichbozlikning rapira yonalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo Kubogi g’oliblari aniqlandi

Qilichbozlikning rapira yonalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo Kubogi g’oliblari aniqlandi
Avval xabar berilganidek 
9 sentyabr kuni Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo Kubogi start oldi.
Ushbu xalqaro turnirning birinchi kunida yosh rapirachilar g’oliblik uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi hamyurtimiz Maripjonov Jamoliddin Osiyo kubogini qo’lga kiritdi. U barcha raqiblarini yengib, final bahsida Tojiddinov Boburjon ustidan 15-10 hisobida g’alab qozondi. 
Yakuniy natija. 
O’g’il bolalar: 
1. Maripjonov Jamoliddin-UZB
2. Tojiddinov Boburjon-UZB
3. Tokanov Yevgeniy-KAZ
3. Mirzayev Alimirzo-UZB

Yosh rapirachi qizlar o’rtasida bo’lib o’tgan murosasiz bahslarda esa Qozog’istonlik Aktayeva Sofiya turnirnig oltin medaliga sazovor bo’ldi. Altayeva hamyurtimiz Durdona Madaminjonova 15-6 hisobi bilan mag’lub etdi. Shu tariqa Madaminjonova D. 2-o’rinni egallab, kumush medal sohibi bo’ldi.
Qizlar:
1. Aktayeva Sofiya-KAZ
2. Madaminjonova Durdona-UZB
3. Mukanova Alua-KAZ
3. Adashbayeva Sabina-UZB