Qilichbozlik yo'lakchalarida sablyachilar bahsi

Qilichbozlik yo'lakchalarida sablyachilar bahsi
Bugun Toshkentda 2008 yilda tug'ilgan va undan yoshroq o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha U-15 musobaqasi boshlandi. 
Mazkur musobaqa mamlakatimiz hududlarida qilichbozlik sportini ommalashtirish va targ‘ib qilish, uni ommaviy rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqa reglamentiga ko‘ra 8 iyun kuni yakkalik bahsi va 9 iyun kuni jamoaviy bellashuvlar bo’lib o’tadi. 
Musobaqa poytaxtimizdagi “Paxtakor” sport majmuasida joylashgan qilichbozlik sport zalida bo’lib o’tmoqda.
Yakkalik bahs yakuniy natijalariga ko’ra quydagi sportchilar g’alaba qozondi: 
O’g’il bolalar:
1. Shakirov Azim - Milliy Klub
2. Bekjanov Artur - Qoraqalpog’iston
3. Aliyev Saidbroxim - Milliy Klub
3. Dubinin Ivan - Toshkent.
Qizlar:
1. Kurbanova Karina - Milliy Klub
2. Andullajonova Shaxzoda - Toshkent
3. Ganiyeva Sevara - Jizzax
3. Daryabayeva Julduzxon - Nukus OPSTTM