Rapirachilar Muhammad Yusuf Asranov va Komila Mirzayeva U-23 turniri g’olibi

Rapirachilar Muhammad Yusuf Asranov va Komila Mirzayeva U-23 turniri g’olibi
Qilichbozlik boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida rapirachilar bahslari bo’lib o’tdi. 
Rapira yoʻnalishidagi yakkalik bahslarida  Muhammad Yusuf Asranov va Komila Mirzayeva gʻalaba qozondi.
Yigitlar:
1. Muhammad Yusuf Asranov
2. Muslimbek Mirzaolimov
3. Ulugʻbek Usmonov
3. Ilyosbek Maʼrufjonov
Qizlar:
1. Komila Mirzayeva
2. Rada Kasimova
3. Maftuna Davronova
3. Kamola Azimova

U-23 respublika turniri rapira bo’yicha terma jamoalar bellashuvi bilan yakunlandi
Qilichbozlik bo’yicha U-23 turnirining final bosqichida rapira yo’nalishida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi. 
23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatida 
O‘zR Mudofaa vazirligi sport klubining terma jamoasi qilichbozlikning rapira yonalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Qizlar jamoalari o‘rtasida esa poytaxtning Toshkent-1 jamoasi g’olib bo‘ldi.
Yakuniy natija:
Erк.:
1. MVSK
2. Toshkent 1
3. Farg‘ona 1
3. Toshkent 2
Qiz.:
1. Toshkent 1
2. Farg‘ona 1
3. Farg‘ona 2
3. Toshkent 2