2023-yilning 23-may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami AIDA ILYASOVNA XASANOVA 39 yoshida vafot etdi.

2023-yilning 23-may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami AIDA ILYASOVNA XASANOVA 39 yoshida vafot etdi.
  Aida Xasanova 1983-yil 4-avgustda O‘zbekistonning Toshkent shahrida tug‘ilgan. U iqtidorli o‘zbek qilichbozi va qilichbozlik bo‘yicha xalqaro hakam edi.
Aida Xasanova qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi, ko‘p karra mamlakat chempioni, 2001-2006 yillarda Markaziy Osiyo chempioni, 2005 yilda Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnirning oltin medali sovrindori.
2014-yilda Aida O‘zbekiston tarixidagi qilichbozlikning barcha uch qurol turi bo‘yicha birinchi xalqaro hakam bo‘ldi. O'sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi - FIE hakami bo'lib, xalqaro chempionat va turnirlarda hakamlik qilgan. 2015-yilda jahon va Osiyo chempionatlarida ilk bor finalda O‘zbekistonlik hakam sifatida ishtirok etdi.
Qilichbozlik sporti rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun 2017-yildan buyon O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasida bosh hakam lavozimida ishlab kelgan. Aida Xasaniva o‘zini ko‘rsatgan va xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro hakamlarni tayyorladi. 
O‘zbekistonda doimiy ravishda xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov va seminarlar o‘tkazar edi.
2018 yilda Indoneziyada bo'lib o'tgan Yozgi Osiyo o'yinlarida Aida Osiyo Konfederatsiyasidan faxriy maqomda delegat sifatida taklif etilgandi.
2019-yilda Aida Xasanova Tokio Olimpiadasida mamlakatimiz sharafini g‘urur bilan taqdim etgan U O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan birinchi hakam bo‘ldi. U, shuningdek, 2020 yilgi Olimpiadada butun Osiyo mintaqasidan ishtirok etgan yagona ayol hakam edi.
2019 yil oxirida u "Yil sudyasi" nominatsiyasida g'olib chiqdi.
2020 yildan hozirgacha Aida Xasanova Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining hakamlar komissiyasi a'zosi bo’lgan.
Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi qoshida Xalqaro hakamlar akademiyasini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, unda Osiyo mintaqasidagi barcha hakamlar FIE xalqaro litsenziyasi uchun tahsil olishlari va imtihon topshirishlari mumkin bo‘ladi.
2020-yilda ilk bor Aida Xasanova O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qoshida qilichbozlik bo‘limini ochdi.
Aida Xasanova dunyoning eng kuchli 5 hakami qatorida edi.
Aida Xasanova turmush qurgan, ikki farzand - bir o'g'il va bir qizning onasi. Uni hamma, oilasi, hamkasblari va do‘stlari yaxshi ko‘rar edi.
O‘zbekiston qilichbozlik Federatsiyasi va qilichbozlik muxlislari Aida Xasanovaning
oila a’zolariga hamdardlik bildiradi. 

O’zQF Matbuot xizmati