Qilichbozlik bo‘yicha terma jamoa a’zolari Gruziya va Ispaniyaga jo‘nab ketishdi

Qilichbozlik bo‘yicha terma jamoa a’zolari Gruziya va Ispaniyaga jo‘nab ketishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.11.2021 yildagi “O‘zbekiston sportchilarini 2024-yilda Parij (Fransiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Gruziya qilichbozlik federatsiyasi taklifiga ko'ra milliy terma jamoa a'zolari 2023 yilning 12-16 may kunlari qilichbozlik bo'yicha Batumida o'tadigan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishadi.
Terma jamoa tarkibi:
1. Dayibekova Zaynab
2. Usnatdinova Aisiliu
3. Pliego Lara Mariya Paola
4. Perdiboyeva Guliston
5. Errera Lara Luis Fernanda

Shuningdek, Ispaniya qilichbozlik federatsiyasi taklifiga ko‘ra qilichbozlar 2023y. 11-15 may kunlari Madridda kattalar o'rtasida qilichbozlikning sablya yo’nskishi bo'yicha JK bosqichida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
1. Mamutov Sherzod
2. Aymuratov Muso
3. Abdazov Islom
4. Dauletnazarov Aziz
5. Qodirov Zuxriddin