Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston chempionati musobaqalari yakunlandi

Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston chempionati  musobaqalari yakunlandi

O‘zCh doirasida qilichbozlikning rapira yo’nalishi bo‘yicha yakkalik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Rapirachi qilichbozlarning bahsida mamlakatimizning 60 nafarga yaqin kuchli qilichbozlari ishtirok etdi.
Erkaklar o'rtasidagi kechgan janglarda Solixojiyev Ahmadilloxonga teng keladigan sportchi bo'lmadi. Qizlar o‘rtasida Umida Ilyasova yaxsi natija ko’rsatdi. Ular chempionatning oltin medallari bilan taqdirlandi.


Erk:
1. Solixojiyev Ahmadilloxon
2. Molina Ilyos
3. Solixojiyev Anvarxon
3. Maripjonov Ilyosbek
Qizlar:
1. Ilyasova Umida
2. Mirzaeva Komila
3. Qosimova Rada
3. Usmonova Marjona


Kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati qilichbozlikning rapira yonalishi bo‘yicha jamoaviy bahs bilan yakunlandi
Musobaqaning eng kuchli jamoalari orasida “Andijon” va “Toshkent 1” terma jamoalari turnirning oltin medallariga sazovor bo'ldi.


Erk.:
1. Andijon
2. MVSK
3. Toshkent 1
3. Farg‘ona 1
Qizlar:
1. Toshkent 1
2. Farg‘ona 1
3. Toshkent 2
3. Andijon