Bolgariyada bo'lib o'tgan qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati natijalari

Bolgariyada bo'lib o'tgan qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati natijalari

Avval xabar berganimizdek, joriy yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida Plovdiv shahrida qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu jahon chempionatida Asranov Muhammad Yusuf, Maripjonov Ilyosbek, Molina Ilyas, Radmir Semeneevlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi qilichbozlikning rapira turi bo‘yicha jamoaviy bahslarda jang olib borishdi. Jamoaviy bahslarda 34 nafar ayollar va 44 nafar erkaklar jamoasi jahon chempionati sovrindorligi uchun kurash olib borishdi.

Murosasiz janglarda terma jamoamiz a’zolari jahonda peshqadamlardan biri bo‘lgan Gonkong (Xitoy) terma jamoasini yaqqol hisobda mag‘lub etishdi.

Biroq, rapirachi qilichbozlarimiz chorak finalga chiqishdagi bahsda Yaponiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Beshinchi o‘rin uchun kurashda esa terma jamoamiz Germaniya va Polsha jamoalarini mag‘lub etdi.

Natijada O‘zbekiston qilichbozlikning rapira turi bo‘yicha erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida dunyoning eng kuchli jamoalari orasida 5-o‘rinni egalladi. 2022 yilda rapira milliy terma jamoasi jahon ro'yxatida 8-o'rinda edi. O‘zbekistonlik qilichbozlarning Bolgariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida erishgan bugungi natijasi esa kelajakda qilichbozlarimizning jahon turnirlarida bemalol yuqori-sovrinli o‘rinlarni egallashidan dalolat beradi.

O‘zQF matbuot xizmati