Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan vakilimiz chorak finalda Singapur, yarim finalda Qozog‘iston vakilini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan final bellashuvida gong konglik Xo Tin Lovni 15:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu bilan yosh sablyachimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini ham naqd qildi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz ilk bor qilichbozlikning sablya turida Olimpiada oyinlariga yo‘llanma olmoqda.

O‘zbekiston qilichbozlik oilasi Sherzod Mamutovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, o`z navbatida yana kurashga chog'lanayotgan qilichboz - vakillarimizga ham mana shunday yorqin g‘alabalar tilaydi.

Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov