Shohsuppaning yuqori pog`onasida Andijon rapirachi jamoalari
Shohsuppaning yuqori pog`onasida Andijon rapirachi jamoalari
Avval habar berilganidek, Toshkentda O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarning 2021-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muofviq sportning qilichbozlik turi bo'yicha 2004-yilda tug'ilgan va undan kichik yoshda bo'lgan sportchilar o'rtasida O`zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqaning ilk kuni qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo`yicha shaxsiy birinchilik bahslari g`olib va sovrindorlari aniqlandi. Bugun rapira yo'nalishida jamoaviy bellashuvlar bo`lib o'tdi.
O'smir yigitlar jamoalari o'rtasida kechgan bahslarda Andijon bir jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ahamiyatli jixati, yarm final bosqichida Andijon viloyatining birinchi va ikkinchi jamoalari o`zaro kuch sinashdi. 45:39 hisobi bilan Andijon-1 jamoasi final bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Shuningdek yarm final bosqichida Toshkent-1 hamda Farg`ona jamoalari bahs olib bordi. Murosasiz va keskin kechgan jangda 45:42 hisobi bilan Toshkent-1 jamoasi finalga yo`l oldi.
Ta`kidlash joizki, Andijon-1 va Toshkent-1 jamoalari final bahslarida o`zlarining sport mahoratlarini namoyon etishdi. O'ta shiddatli bahs jarayonida ikkala jamoaning ham kuchlari va imkoniyatlari teng edi. Lekin bellashuv oxiriga kelib Andijon-1 jamoasi (Karimov, Semeneeyev, Habibullayev, Hanbekov) 2 ochko farqi bilan g'alabani qo'lga kiritdi. Hisob 45:43.
Rapirachi qizlar jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan qizg'in bahslarda ham Andijonlik rapirachi qizlarning qo'li baland keldi.
Andijon jamoasi (Madaminjonova, Naimsherova, Odilova, Usmonova) final bosqichida "Miks teyme" terma jamoasini 45:33 hisobi bilan mag`lub etdi va Andijonliklar g'alaaba shohsuppasining eng yuqori pog`onasiga ko`tarilishdi.
Rapira. jamoaviy birinchilik. Yigitlar (13 ta jamoa).
1. Andijon-1
2. Toshketn-1
3. Farg`ona
Rapira. Jamoaviy birinchlik. Qizlar ( 8 ta jamoa).
1. Andijon
2. Miks teyme
3. Toshkent 1
O`zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati.