Tabrik
Vatanimiz Mustaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida o'zbekistonlik qilichbozlar hamyurtlarimizni ushbu bayram bilan qutlaydilalar.
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, mamlakatning ko'p karra chempioni, qator nufuzli xalqaro turnirlar - chempionatlar, Osiyo kuboklari g'olib va sovrindori, "Satellit" xalqaro turniri g'olibi - Fayzulla Alimov barcha yurtdoshlarimizni shonli va ulug' ayyom "O'zbekiston mustaqilligi kuni" bilan tabriklaydi.