Ogʻir atletika boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turnirining ochilish marosimidan maxsus fotogalereya

Ogʻir atletika boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turnirining ochilish marosimidan maxsus fotogalereya

 

Xabar berganimizdek, bugun Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan ogʻir atletika boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turnirining ochilish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari Shaxrullo Mahmudov, sportchilar, trenerlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Eʼtiboringizga mazkur musobaqaning ochilish marosimidan maxsus fotogalereyani taqdim etamiz:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati