O'ZBEKISTON CHEMPIONATINING GALDAGI G’OLIBLARI ANIQLANDI
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan onlayn tizimida o’tkazilayotgan Qilichbozlik bo’yicha O'zbekiston Respublikasi birinchi virtual Chempionatining bugungi musobaqasida 2008 yilda tug'ilgan va undan kichik yosh toifasidagi sportchilar shpaga yo’nalishida o'zaro yakkalik bahslarini olib borishdi.
Musobaqada respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri terma jamoalari a’zolari ishtirok etishdi.
Eslatib o’tamiz kecha, 3 avgust kuni O'zbekiston birinchi virtual Chempionatining shpaga yo’nalishida 2006-2007 yillarda tug'ilgan sportchilar orasida musobaqa g’oliblari aniqlangan edi.
Aytish kerakki, bugungi musobaqalarda mazkur yosh toifasidagi qilichboz bolajonlarimiz g’alaba shohsuppasini egallash uchun astoydil kurashib, qilichbozlik borasidagi sport mahoratlarini namoyon etishga muvaffaq bo’lishdi.
Juda ham qiziqarli kechgan bahslar natijasiga ko’ra chempionlik baxtiga Navoiylik Sabina Sanayeva (2008y.) hamda Buxorodan
8 yoshlik Muhammadali Raxmatovlarga (2012y.) nasib etdi.
O’gil bolalar. Yakkalik bahsi
- Raxmatov Muxammadali (2012y.) – Buxoro
- Fattaxov Еgor (2009y.) – NATIONAL CLUB
3. Rustamov Samir (2008y.) – Navoyi
3. Naimov Firdavs (2008y.) – Buxoro
Qiz bolalar. Yakkalik bahsi
1.Sanayeva Sabina (2008y.)- Navoiy
2.Ablakimova Elvina (2009y.)-Toshkent viloyati
3.Bobodjonova Madina (2008y.)- Navoiy
3.Jannazarova Shaxzoda (2009y.)- Qoraqalpog’iston
O’zQF Matbuot xizmati