QILICHBOZLIK BO'YICHA BIRINCHI VIRTUAL O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI CHEMPIONATIGA START BERILDI

Bugun O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi onlayn tizimda 
2006-2007 yillar hamda 2008 yilda tug'ilgan va undan kichik yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida qilichbozlikning shpaga yo’nalishida onlayn tizimda  O'zbekiston Respublikasi birinchi virtual chempionati doirasidagi musobaqalarni boshladi.
Musobaqada respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Avval xabar berilganidek, mazkur onlayn musobaqa mamlakatimizda qilichbozlikni ommalashtirish va targ'ib qilish;

- Pandemiya davrida yosh avlod salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb etish;

- O'zbekiston qilichbozlarning sport mahoratini oshirish.

- do'stona va sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida o’tkazilmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi virtual raqobat uchun iqtidorli yosh sportchilarga qulay imkoniyatlar taqdim etish bilan, hozirda shiddat bilan tarqalyotgan tojdorvirusga qarshi turish uchun umumiy javob chorrahasida bu kabi muhim ijtimoiy tadbirni o’tkazishga qaror qilganini alohida ta’kidlash o’rinli.

Shunday qilib bugungi qilichbozlikning shpaga yo’nalishida bo’lib o’tgan onlayn musobaqaning yakkalik bahslarida kuch sinashgan spo’rtchilar o’zlarining bor mahoratlarini namoнish etishdi. O’ta qiziqarli va zavqli o’tgan musobaqalar natijasiga ko’ra quydagi g’oliblar aniqlandi.

 

O’gil bolalar. Yakkalik bahsi

1.Komilov Yuldosh (2007)- Navoiy

2.Nurmatov Adizbek (2007) - Navoiy.

3.Uspanov Batir (2007) - Qoraqalpog`iston

3.Maxmudov Kamron (2007)-Navoiy.

Qiz  bolalar. Yakkalik bahsi

1. Orinboeva Shahnoza (2007) - Qoraqalpog’iston

2. Maxmudova Maftuna (2006) - Buxoro

3. Murodova Zarina (2007) - Toshkent viloyati

3. Sadullayeva Gulchehra (2006) - Buxoro.

Qilichbozlik bo’yicha o’tkazilgan ushbu ilk onlayn musobaqa g’olib va sovrindorlarini tabriklaymiz.

Do’stlar qilichbozlarimizga qo'shiling va O'zbekiston Birinchi Virtual chempionati ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlang!

 

O’zQF Matbuot xizmati