Ular Tokioga borishadi: Jahon kubogi sovrindori Malika Hakimova

Ular Tokioga borishadi: Jahon kubogi sovrindori Malika Hakimova

Ko‘pchilikning katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan “Ular Tokioga borishadi” loyihasi davom etadi. Bugun Sizalarga o‘zbek qilichbozligida yangi sahifa ochgan qahramonlarimizdan biri Malika Hakimova haqida maʼlumotlarni taqdim qilamiz. 

Maʼlumot uchun, Malika Hakimova 1996-yil 24-yanvar kuni Navoiy shahrida tug‘ilgan. 10 yoshidan qilichbozlik bilan shug‘ullanib keladi. Murabbiyi – Ruslan Kudayev.

2012-yilda poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejiga kelgan Malika qisqa vaqt ichida katta o‘sishga erishdi. 2013-yil o‘smirlar o‘rtasida, 2014-yil esa yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi. Qilichbozimiz kattalar o‘rtasida esa Jahon kubogi sovrindori hisoblanadi. Shuningdek, u ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, Markaziy Osiyo chempionati g‘olibi ham sanaladi. 

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining yakuniy reyting jadvaliga ko‘ra, Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun ajratilgan kvotani qo‘lga kiritib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi.

__

"Они будут защищать честь страны в Токио": призёр Кубка Мира Малика Хакимова

 

Продолжаем проект "Они будут защищать честь страны в Токио", в котором рассказываем вам о лицензиатах Олимпиады Токио-2020. Сегодняшняя наша героиня - фехтовальщица Малика Хакимова, которая открыла новую страницу в истории узбекского спорта.

 

Для сведения, Малика Хакимова родилась 24 января 1996 года в Навои. С 10 лет занимается фехтованием. Тренер - Руслан Кудаев.

 

В 2012 году поступила в Республиканский колледж Олимпийского резерва в Ташкенте и за короткое время достигла хороших результатов. В 2013 году на чемпионате Азии среди юниоров, а в 2014 году среди молодёжи одержала победу. Является призёром Кубка Мира среди взрослых. Также, многократная чемпионка Узбекистана, победительница чемпионата Центральной Азии.

 

По итогам рейтинга Международной федерации фехтования удостоилась квоты для континента Азии-Океании и стала обладательницей лицензии Токио-2020.