Bugun “Uyda qol – gʻalaba qozon” shiori ostida oʻtkaziladigan shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasi start oladi

Tashkilotchi – Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

Onlayn shaxmat musobaqasida qatnashish uchun CHESS.COM saytida “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” https://www.chess.com/club/uzbekiston-respublikasi... klubiga aʼzo boʻling, saralash oʻyinlarida gʻolib chiqing hamda 2020-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Grand Final ishtirokchisiga aylaning.

Bosh sovrin – hamkorlar tomonidan taqdim etilgan “Spark” avtomobili. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring!

Saralash oʻyinlariga 2020-yilning 20-iyulidan start beriladi. Oʻyinlar har kuni soat 20:00da boshlanadi. Musobaqa shveysarcha tizimda blis yoʻnalishida oʻtkaziladi. Grand Finalga har bir turnirdan eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi saralab olinadi. 20-dekabrga qadar jami 50ta saralash turniri oʻtkaziladi va eng kuchli 500 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.

Grand Finalda ishtirok etish uchun saralab olingan shaxmat ishqibozlari boshqa turnirlarda ishtirok etolmaydi. Turnirda faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin.

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang va “Spark” avtomobilini qoʻlga kiriting!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati